Yangiobod tumanida o'tgan yil mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish choralarini kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosari A.Nishonov, tuman prokurori Sh.Salimov, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Sh.Ahmedov, profilaktika inspektorlari, mahallalar mutasaddilari va tegishli soha vakillari ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida tumanda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va olib borilayotgan targʻibot ishlariga qaramasdan jinoyatchilikning ortishi tanqid ostiga olinib, faollar ishtirokida muhokama etildi.
Xususan, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarini oʻrganishda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni oʻrnatgan holda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarlik alomatlarini barvaqt aniqlash, jinoyatchiliklarning oldini olish boʻyicha va unga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki, barcha birdek masʼul ekani taʼkidlandi.