Yangiobod tumanidagi 7-chegara qoʻriqlash vzvodida “Alisher Navoiy va Bobur merosi — beqiyos maʼnaviy xazinadir” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
A.Navoiy tavalludining 583-yilligi va Z.M.Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat Kengashi deputati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari S.Abdurahmonova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi B.Toshboyev va chegara qoʻriqlash vzvodi harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda oradan besh asrdan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, ulugʻ mutafakkir bobolarimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelayotganligi haqida soʻz yuritildi.
Bu ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta oʻrin tutishi, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga koʻrsatgan homiyligi jihatidan ham oʻxshashi yoʻq siymo ekanligi, ular bugun oʻzbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, maʼnaviy kamolot timsoliga aylanganligini taʼkidlandi.