Yangiobod tumanidagi 9-chegara qoʻriqlash vzvodida “Navoiy-buyuk shoir, mutafakkir va jamoat arbobi” mavzusida mʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
A.Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu tadbirda viloyat Kengashi deputati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari S.Abdurahmonova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi B.Toshboyev va chegara qoʻriqlash vzvodi harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda Alisher Navoiy oʻz zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi, shoir boʻlish bilan birga oʻz davrining ulugʻ olimi, mutafakkiri ekanligi. Navoiysiz bu davr fani va madaniyati taraqqiyotini tasavvur etish qiyinligi hususida soʻz yuritildi.
Alisher Navoiy oʻzidan boy sheʼriy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan boʻlib, bu bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi, ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan mustahkam oʻrin egallaganligi taʼkidlandi.