Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 66-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya ishida deputatlar tomonidan kun tartibidagi 13 ta masala koʻrib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabgi masala yuzasidan tuman sektor rahbarlari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda mahallalarda ehtiyojmand oilalar bo‘yicha ijtimoiy daftarlar asosida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.
Xususan, 1-sektor tomonidan 2023-yil davomida oyiga kamida 4 marta “Yoshlar uchrashuvi”, ”Sayyor qabullar” tashkil etilib, 256 ta muammo va takliflar bildirilgan. Ushbu murojaatlarning 196 tasi ijobiy hal etilib, 48 ta murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berilgan. Qolgan 12 ta murojaatning ijrosi maʼlum muddat talab qilganligi sababli nazoratga olingan.
Ehtiyojmand oilalarga turli ko‘rinishdagi moddiy yordam sifatida 120,0 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiritilgan.
2023-yil davomida 1-sektor hududida 14-30 yoshgacha boʼlgan aholi qatlami roʼyxati tahlil qilinib, yil boshidan buyon tegishli toifalarga koʼra yordam koʼrsatishga muhtoj boʼlgan 198 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Ulardan toʼliq 198 nafariga (100 %) oliy oʼquv yurtidagi oʼqish uchun toʼlov kantraktni qoplab berish, bir martalik moddiy yordam ajratish, dehqonchilik uchun yer maydoni ajratish, ishga joylashtirish, subsidiya ajratish, kredit ajratish va boshqa belgilangan tartibga koʼra jami 220,0 mln soʼmdan ortiq yordamlar koʼrsatilgan.
Shuningdek, Yangiobod ShFY Ziyokor, Doʼstlik va Istiqlol koʼchalarida jami 2,7 km ga yaqin ichki yoʼllar taʼmirlanib shagʼal va asfalt qoplamasi yotqizilgan.
1- sektorda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davomida, elektr taʼminotidagi uzulishlarni oldini olish maqsadida hududdagi 4 ta taʼmirtalab transfarmatorlar taʼmirlandi. 10 km ortiq havo tarmoqlari koʼzdan kechirilib tartibga keltirildi. Huddi shuningdek sektorda tabiy gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar ham bartaraf etilgan.
Аholiga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatilishini taʼminlash bu borada zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi hududida 50 o‘rinli yangi poliklinika binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan.
Shu bilan birga, 2023 yilda Yangiobod shaharchasida xususiy tadbirkor tomonidan 150 o‘rinli, Sovot QFY hududida 60 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurib bitkazilmoqda.
Shuningdek Yangiobod ShFY va Sovot QFYlarda ichimlik suvi taʼminoti, ichki yo‘llarni taʼmirlash hamda elektr taʼminoti, ijtimoiy obʼektlar va ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 8 ta obyekt qurilishi dasturiga kiritilgan.
Sessiya kun tartibidagi 2-masala yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Sh.Salimovning axboroti tinglandi.
Ta'kidlandiki, barcha sohalarda o‘tkazilgan 153 ta tekshirishlar natijalariga ko‘ra, g‘ayriqonuniy hujjatlarni bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan 150 ta protestlar keltirilib, ularning 51 tasi bekor qilingan hamda 99 ta g‘ayriqonuniy hujjatlar qonunga muvofiqlashtirilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida vakolatli idoralar rahbarlariga 124 ta taqdimnomalar kiritilgan, 103 nafar shaxslar qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida ogohlantirilgan, intizomiy, maʼmuriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 124 ta prokuror qarorlari qabul qilinib, prokuror qarori va taqdimnomasi asosdida 45 nafar shaxslar intizomiy, 55 nafari maʼmuriy hamda 8 nafari moddiy javobgarlikka tortilgan.
Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishlari qozgatilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning 209 ta murojaatlari korib chiqilib, 65 tasi qanoatlantirilgan, 136 tasiga tushuntirishlar berilgan, 8 tasi rad etilgan. 289 ta targibot tadbirlari otkazilib, 122 ta taqdimnoma muhokamasida ishtirok qilingan, 4 marta televideniyada, 2 marta radioda, 3 marta matbuotda hamda 36 marta internet tarmogida chiqishlar qilingan.
Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yonalishida otkazilgan 12 ta tekshirishlar natijalariga kora aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan vakolatli idoralar rahbarlariga 9 ta taqdimnomalar kiritilgan, g‘ayriqonuniy hujjatlarni bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan 55 ta protestlar keltirilib, ularning barchasi qonunga muvofiqlashtirilgan, 32 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka doir ishlar qo‘zg‘atilib, prokuror qarori va taqdimnomalari asosida 9 nafar shaxslarga intizomiy, 21 nafar shaxslar maʼmuriy va 1 nafari moddiy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yonalishida otkazilgan 37 ta tekshirishlar natijalariga kora aniqlangan qonun-buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan vakolatli idoralar rahbarlariga 35 ta taqdimnomalar kiritildi, gayriqonuniy hujjatlarni bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan 17 ta protestlar keltirilib, ularning barchasi qonunga muvofiqlashtirilgan, 24 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka doir ishlar qo‘zg‘atilib, prokuror qarori va taqdimnomalari asosida 15 nafar shaxslar intizomiy, 7 nafari maʼmuriy va 6 nafari moddiy javobgarlikka tortilib, 34 nafar shaxslar qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, 4 mln. 439 ming so‘m yetkazilgan zararlar undirilishi taʼminlangan.
Sessiya kun tartibidagi uchinchi va to'rtinchi masalalar yuzasidan tuman hokimining 1-o‘rinbosari R.Abdug‘aniyev so'zga chiqdi. Dastlab aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Ta'kidlandiki, 2023-yil mobaynida 4517 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, shundan investisiyalar tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga 197 ta (102 foiz), moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambagallikni qisqartirish hisobiga 1723 ta (136,5 foiz), qishloq, suv va ormon xojaligi hisobiga 3000 ta (100,5 foiz), qurilish transport va komunal sohalar hisobiga 90 ta (120), jami 5010 ta (110,9 foiz) doimiy va mavsumiy ish o'rinlari yaratildi. Ushbu yaratilgan ish o'rinlarining 1714 tasi doimiy, 2795 tasi mavsumiy va 508 tasi legalallashtirish hisobiga to'g'ri keladi.
Shuningdek, bozorlar va ulardagi narx-navolar barqarorligini saqlash yuzasidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ham ko'rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi beshinchi va oltinchi masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari A.Nishonov so‘zga chiqib, dastlab 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid tuman dasturining 2023-yildagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.
Xususan, Tuman dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan 2023-yilda Iqtisodiy sohada Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug'ullanish istagida bo'lgan 2867 nafar fuqarolardan 17.6 mlrd so'mlik arizalar kelib tushgan bolib, shundan hokim yordamchilari tomonidan 716 nafariga 6.7 mlrd so'mlik tavsiyanomalar berildi. 629 nafari fuqarolarga 5,88 mlrd so'm kredit mablag'lari ajratildi.
Shuningdek, yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ham ko'rib chiqildi.
Ma'ruzachi tomonidan 2023-yil davomida tumanda ariza kelib tushgan yoshlardan 181 nafari bandlik dasturi asosida yoshlar daftariga kiritilgani ta'kidlandi. 562 nafariga yordam ko'rsatilib, ko'mak ko'rsatilganlar toifasiga o'tkazilgan.
Ish o'rinlariga joylashtirilganlar 78 nafar, mehnat qurollari uchun 13 nafar, to'lov-kontrakt uchun 92 nafar, tibbiy xizmat ko'rsatilganlar 70 nafar, SCHR uchun 12 nafar, haydovchilik guvohnomasi uchun 3 nafar, kredit ajratilganlar 6 nafar, yer ajratilganlar 65 nafar va boshqa yo'nalishlar uchun 229 nafariga amaliy yordamlar berilgan.
Sessiya kun tartibidagi 7-masala yuzasidan Yangiobod tuman adliya bo‘limi bosblig‘i J.Abduxoliqov tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.
Ma'ruzada “Inson huquqlari oliy qadriyat huquqiy aktsiyasi doirasida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan jami 37 ta murojaat kelib tushgan bolib, shundan 21 tasi joyida hal etildi, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 9 ta murojaat ko'rib chiqish uchun ish yurituvga olingani aytildi.
Sessiya kun tartibidagi 8-masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimovning 2023-yil davomida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha qilgan ma'ruzasi davomida Yangiobod tumani aholisi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Veb-sayt, Ishonch telefoni, Prezident pochtasi va Xalq qabulxonasiga yo'llangan murojaatlarning soni 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 1116 tadan 1059 taga yoki 5 foizga kamaygani ta'kidlandi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalalar yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bolimi boshlig'i T.Shodmonqulovning tuman mahalliy byudjetining 2023-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hamda 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi axboroti tinglanib, deputatlar tomonidan tegishlicha muhokama qilindi.
Navbatdagi 11-masala yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Ismoilovning tumanda jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Ushbu masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib, taklif va fikrlar almashilmoqda.
Sessiya kun tartibidagi 12-masala yuzasidan tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati boyicha bosh mutaxassisi N.Qobilov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi haqida axborot berdi.
Mazkur axborot deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qaror loyihasi tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibidagi 13-masala yuzasidan tuman hokimining 1-o‘rinbosari R.Abdug‘aniyevning tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi takliflari tinglandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ushbu masala ko‘rib chiqilib, mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror loyihalari tasdiqlandi.
Sessiya davomida barcha masalalar yuzasidan deputatlarning muzokaralari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi va Xalq deputatlari tuman Kengashining 66-sesaiyasi o‘z ishini yakunladi.
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati