Bank kreditlari koʻpchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish toʻgʻrisida ijro varaqasi chiqariladi. Koʻp xollarda qarzdor kredit boʻyicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish boʻyicha ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning yanvar oyi davomida 42 dan ortiq ijro hujjati boʻyicha 1,8 mlrd. soʻm qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq ijro hujjatlari boʻyicha jami 10 ta 1,2 mlrd. soʻmlik mol-mulklar xatlanib, 6 ta 503 mln. soʻmlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
M.I.Mirzayev,
Boʻlim davlat ijrochisi