O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli
Qarori ijrosi to‘g‘risida
Aholini tashabbusli budjet jarayoniga keng jаlb qilishni yanada kuchaytirish, budjet mablag‘larining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom еttiгish, shuningdek, o‘tgan dаvr mobaynida orttirilgan tajribani inobatga olgan holda mazkur tizimni yanada takomillashtirish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli Qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2024-yildan boshlab “Mening yo‘lim” loyihasi Tashabbusli budjet jarayonining 1-mavsumida o‘tkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda “Mening уо‘lim” loyihasi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lаr Fuqаrоlаr tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltirilgan holda Tashabbusli budjet jаrауоnlаrini o‘tkazish hamda moliyalashtiгish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida sarflanadi.
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalаrgа oyoz berish jаrауоnidа budjet tashkilotlari xodimlarini majburiy оvоz berishga jalb etish holatlarining oldini olish borasida tizimli ishlarni tashkil etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotganligini inobatga olib, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 23-apreldagi 190/25-sonli qarori hamda 2022-yil 22-avgustdagi VI-44-128-3-54-K/22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
2024-yil 14-fevral,
VI-66-23-3-54-K/24-son
Tuman Kengash raisi,
tuman hokimi I.Qarshiboyev
Qarorning tasdiqlangan nusxasi bu yerda: