Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumanda tumanda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish holati, dorixonalardagi dori-darmonlar narxi va sifati hamda aholini sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tuman tibbiyot birlashmasidagi ijrosi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam koʻrsatish holati, muassasalarida sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish, sohani takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati shuningdek, tuman tibbiyot birlshamasida “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil etilganligi hamda aholiga xizmat koʻrsatish holati oʻrganildi. Tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasidagi barcha boʻlimlarda aholiga yaratilyotgan shart-sharoitlar oʻrganilib, davolanayotgan bemorlar bilan suxbatlar oʻtkazildi.
Oʻrganish soʻngida tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov, tuman Kengashi deputati O.Begmatovlar mavjud kuch va vositalarni jalb qilgan holda, eng avvalo birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va aholi jamoat salomatligini taʼminlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish boʻyicha amaliy tavsiyalar berishdi.
Shuningdek tibbiyot hodimlari tomonidan sohani rivojlantirish borasidagi berilgan takliflarni tuman Kengashi deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya muhokamalariga kiritilishi taʼkidlab oʻtishdi.