Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev aholi murojaatlarini tinglash va ularga amaliy ko'mak berish maqsadida aholi bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Unda sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, hokim oʻrinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahallalar masʼullari, aholi, xususan, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi mahallalarda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar hamda galdagi rejalarga to'xtalib o'tdi.
Uchrashuv davomida fuqarolardan sog'liqni saqlash, bandlik, oilaviy tadbirkorlik tashkil etish, kredit olish, moddiy yordam kabi 30 dan ortiq murojaatlar bildirilib, ularning 11 tasi joyida hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, ijrosi vaqt talab qiladigan murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.