Bugun Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 67-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiyada dastlab Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov so'z olib, kun tartibidagi Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi hamda doimiy komissiyalarining 2024-yil uchun mo‘ljallangan ish-rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi 2-masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimov so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining 19-bandi ijrosi yuzasidan ma'ruza qildi.
Xususan, 2023-yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalariga jami 198 ta murojaatlar yo‘llangan bo‘lib, ularning 51 tasi tasnifiga ko‘ra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarni tashkil etgan. Joriy yilning dekabr oyida murojaatlarning yo‘llanishi noyabr oyiga nisbatan 52 tadan 51 taga (2 foiz) kamaygan.
Murojaatlarning yo‘llanishini mahallalar kesimida tahlil qilinganda, Yangiobod SHFYdan 2 ta, Sovot QFYdan 9 ta, Balandchaqir MFYdan 6 ta, Xo‘jamushkent QFYdan 4 ta, Do‘stlik MFYdan 13 ta, Havotog‘ QFYdan 8 ta, Sarmich MFYdan 8 ta, Shodlik MFYdan 1 ta murojaatlar kelib tushganligi ma’lum bo‘lgan.
Kelib tushgan 51 ta murojaatlarning 19 tasi ijobiy hal qilingan, 7 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 18 tasiga tushuntirish berilgan, 5 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, 2 tasi o‘rganish jarayonida qoldirilgan. O‘rganishlar vaqtida hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha shikoyatlar kelib tushmagan.
Shundan so'ng sessiya kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish maqsadida elektron tanlovga chiqariladigan yer maydonlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala muhokama etildi.
Sessiya kun tartibidagi 4-masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i L.Raxmatov so'zga chiqdi va 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi 5-masala yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari H.Ismoilov tumanda jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
Ma'ruzachi o'z axborotida tumanda 2024-yil yanvar oyi davomida 2 ta jinoyat sodir etilganligini qayd etdi.
Shuningdek, tuman IIBda profilaktik hisobda turgan shaxslar 172 nafarni tashkil qilib, shundan 2 nafari ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar, 170 nafari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar hisoblanadi.
Tuman profilaktika inspektorlari tomonidan 2024-yil yanvar oyida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jami 69 ta (2023-yilda 51 ta) ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, har bir profilaktika inspektoriga taqsimlanganda o‘rtacha 8,6 tani (2023-yil 66,3 ta) tashkil etgan.
Profilaktika inspektorlarining vakolat doirasiga kiruvchi moddalar bo‘yicha 55 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan bo‘lib, ushbu bayonnomalar bo‘yicha jami 12 160 668 so‘m miqdorida jarimalar belgilanib, 3 411 338 so‘mlik jarimalar undirilgan.
Yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori talablari asosida tuman hududida 26 ta ommaviy tadbirlar o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarda jamoat tartibini saqlashga 163 nafar xodimlar jalb etilib, tadbirlarda 5572 nafar fuqarolar ishtirok etgan. Tadbirlar davomida ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan "Tumanda 2024-yilda xotin-qizlar muammolarini hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda “Ayollar daftari”ning 5-bosqich ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi masala ham ko'rib chiqilib, deputatlar tomonidan muhokama qilindi.
Shuningdek, sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Abdug'aniyev so'zga chiqdi va tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ushbu masala muhokama etilib, mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror loyihalari tasdiqlandi.
Sessiya davomida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov tomonidan tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan qarorlari ham o'qib eshittirilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Xususan, Yangiobod tumani hokimining “F.Umurzoqovni Yangiobod tumani hokimi o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 4-martdagi 45-3-54-Q/24-sonli qarori o'qib eshittirilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Sessiya davomida barcha masalalar yuzasidan deputatlarning muzokaralari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi va Xalq deputatlari tuman Kengashining 67-sesaiyasi o‘z ishini yakunladi.
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati