Bugun Yangiobod tumanidagi 19-sonli musiqa va san'at maktabida 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan katta bayram tantanasi boʻlib oʻtdi.
Yurtimizga har yili bahor faslining ilk darakchisi kabi kirib keladigan bu bayramni goʻzallik va nafosat ayyomi sifatida shodu xurramlik bilan nishonlaymiz. Uning aynan bahor faslida nishonlanishi ham oʻziga xos mazmunga ega. Bu mazmun shundan iboratki, oʻzining goʻzalligi, mehri, saxovati bilan ayol zoti bahorga, mana shu betakror faslga juda-juda oʻxshab ketadi.
Bugun boʻlib oʻtgan bayram shodiyonasida farishta onaxonlaru, aziz opa-singillarimiz koʻngillari shod etildi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanimiz xotin-qizlarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish borasida olib borilayotgan islohotlarga ham toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, bir guruh faol xotin qizlarga faxriy yorliq va bayram sovgʻalari topshirildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat boʻlimi xonandalari va mehmon san'atkorlar hamda yosh ijrochilar tomonidan diltortar kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, barchaga joʻshqin va bahoriy kayfiyat ulashildi.