Farmonga koʻra, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazildi.
Masalan, davlat bogʻcha va maktablarini tashkil etish, atmosfera havosiga taʼsir etuvchi korxonalarni qurish joylari, chiqindilar koʻmib tashlanadigan joylarni belgilash, yoʻlovchi va yuk tashish tariflari, jumladan fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar, tabiiy obektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obektlariga nomi berish va boshqalar.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir ayrim vakolat va funksiyalar 10 taga birlashtirilgan holda tizimlashtirildi.
Masalan, hokimlar va ular oʻrinbosarlarining 7 turdagi (dasturlar ijrosi; kichik biznes, tadbirkorlik, aholi bandligi; kreditlar ajratish; hokim yordamchilari axborotlarini eshitish yakunlariga oid) hisobotlarini eshitish – hokimlarning xududlarni ijtiomiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi boʻyicha hisobotlarni eshitish doirasida koʻrib chiqiladi.
Farmonga muvofiq, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahlliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi.
Normativ-xuquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarida berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlarga hos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼsul hisoblanadi.
Farmon bilan 2024-yil 1-oktyabrgacha Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Baxtiyor Mamadaminov,
Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangiobod tuman sudining raisi