Yangiobod tumani, Balandchaqir mahallasidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yoshlarni yot g'oyalardan asrash, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish" yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari A.Nishonov, tuman prokurori Sh.Salimov, IIB boshlig'i Sh.Ahmedov, Adliya bo'limi boshlig'i J.Abduxoliqov, mahalla mas'ullari, o'quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so'z olganlar yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni turli buzg'unchi g'oyalardan saqlash yuzasidan o'z tavsiyalarini berishdi.
Shuningdek, mahallada yoshlar o'rtasida sodir etilgan ayrim huquqbuzarlik holatlari sanab o'tilib, ota-onalar va mas'ullar ishtirokida muhokama etildi va bunday salbiy harakatlarning oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qilishorganlari, balki, ota-ona va keng jamoatchilik birdek mas'ul ekani ta'kidlandi.