Bugun "Telegram" ijtimoiy tarmog'ida "Jizzax viloyati Sovot qishlog'i maktabi uchun ovoz yig'ishga Guliston shahriga kelishipti" mazmunidagi videotasvir e'lon qilindi.
Mazkur videotasvir yuzasidan Yangiobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mutasaddilari ishtirokida batafsil o'rganilib, holatga oydinlik kiritildi.
Ma'lumki, ayni kunlarda Respublikamiz bo'ylab "Tashabbusli budjet" loyihasining bu yilgi ilk mavsumi uchun ovoz yig'ish jarayonlari davom etmoqda. Xususan, ushbu jarayonlar yangiobod tumanida ham aholi tomonidan qizg'in tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, tumanning Sovot qishlog'idagi 4-sonli umumta'lim maktabi uchun ham ovoz yig'ish jarayonlari qonuniy tartibda tashkil etilib, bunda mahalla aholisi tomonidan ixtiyoriy ravishda tashabbus ko'rsatilmoqda va bu ishlarga maktab o'quvchilari jalb etilmagan. Shuningdek, holatni o'rganish natijasida ham videotasvirdagi ovoz yig'ish jarayonida tumandagi umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etmagani ma'lum bo'ldi.
Yangiobod tumani hokimli
Axborot xizmati