Ayni kunlarda madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Jizzax viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.
Xizmat safari davomida Yangiobod tumanidagi 37-sonli madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida markaz binosining joriy holati mutasaddilar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov tomonidan aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi bo‘yicha Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev bilan kelishib olindi.
Uchrashuv davomida ushbu 37-sonli madaniyat markazini namunali madaniyat markaziga aylantirish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov soha xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, muloqot jarayonida ularning takliflarini tingladi hamda o‘z tavsiyalarini berdi.
Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonovning Jizzax viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda.