Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev boshchiligida bir guruh faollar, xususan, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, qishloq xo'jaligi va tijorat banklari mas'ullari hamda mutasaddi rahbarlar Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida bo'lishib, aholi tomorqalaridagi mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan tajriba almashishdi.
Sayxunobodga tashrif davomida aholi tomorqalarida poliz mahsulotlarini yetishtirish, kichik issiqxonalar tashkil etish va tomorqaning har qarich yeridan oqilona foydalanib, oilalarning daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishildi.