Yangiobod tumani 2-sektor hududida istiqomat qilayotgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, "Xo'jamushkent" qishloq fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi fuqaro G.Gulmurotovaga uy mehmonxonasini jihozlash uchun 20 mln, B.Xo'jaqulovaga 15 mln hamda qolibli non ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun Ch.G'afforovaga 50 mln so'm kredit ajratilishi ta'minlandi.
Bundan tashqari, issiqxona va boshqa faoliyat turi bilan shug'ullanish istagida bo'lgan fuqarolarga ham imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy ko'mak berilmoqda.