Yangiobod tumani SEO va JS boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi "Balandchaqir dehqon bozori"da ob-havoning isishi sababli tez buzuluvchi, uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini sotmaslik, ommaviy va guruxli ovqatdan zaxarlanishni oldini olish maqsadida keng koʻlamli sanitariya targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, sotuvchilarning sanitariya madaniyatini oshirish, har doim shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozimligi tushuntirib kelinmoqda.