Yangiobod tumanida 2-sektor hududida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va bu borada xonadon egalarining ko'nikmalarini oshirish yuzasidan targ'ibot ishlari davom etmoqda.
Tuman prokurori Sh.Salimov Xo'jamushkent qishlog'ida aholi tomorqalarini ko'zdan kechirib, xonadon egalariga har qarich yerdan oqilona foydalanish, bu borada barcha mavjud imkoniyatlarni ishga solish va qo'shimcha daromad manbai yaratish bo'yicha o'z ko'rsatma va tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqqan holda uyda parranda va asalari tashkil qilish zarurligi, bu - oila a'zolarining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligida ham ahamiyatli ekanini ta'kidlab, "Yettilik' a'zolariga bu borada tegishli topshiriqlar berdi.