Yangiobod tumanida aholining shaxsiy tomorqalaridan oqilona foydalanishda "Sayxunobod tajribasi"ni tadbiq etish yuzasidan targ'ibot ishlari davom etmoqda.
Tumanning Shodlik MFY hududida ham "Mahalla yettiligi" hamda tuman Adliya bo'limi tomonidan tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar olib borilmoqda.
O'rganishlar davomida tomorqa egalariga yerning har qarichidan oqilona foydalanish bo'yicha zarur tavsiya va amaliy ko'mak bermoqdalar.