Ayni kunlarda Yangiobod tumanining barcha mahallalaridagi aholi shaxsiy tomorqalarida bahorgi ishlar qizg'in davom etmoqda.
Mahalla mutasaddilari ham tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar amalga oshirib, tomorqa egalariga zarur tavsiya va amaliy ko'mak bermoqdalar.
Xususan, tumanning Balandchaqir MFYda aholi tomorqalarining har qarich yeridan oqilona foydalanishlari yuzasidan o'rganishlar o'tkazilib, tushuntirishlar berilmoqda.