Yangiobod tumanida Keyingi tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy mafaatlarini himoya qilish, qishloq aholisini bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanning Sovot QFYda ham "Mahalla yettiligi" va hududga biriktirilgan vakillar tomonidan aholi o'rtasida tomorqa madaniyatini shakllantirish, uni qo‘shimcha daromad manbaiga aylantirish borasida targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda tomorqachilikka qaratilgan e’tibor tufayli, aksariyat xalqimiz aholisi bu tizimning afzalliklarini to‘liq anglab yetmoqdalar. Bugungi kunda Sovotliklar tomorqalarining har qarich yeridan oqilona foydalanib, ro'zg'or uchun zarur bo'lgan qator mahsulotlarni samarali usullarda yetishtirmoqdalar.