Yangiobod tuman Madaniyat bo‘limida “Ma’naviyat va kitob – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosh omili” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi.
Maʼrifat soatida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari S.Abdurahmonova ishtirok etib, Kitob - insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai ekanini ta'kidladi.
"Kitob - insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib etuklik sari ildamlayveradi" - deya aytib o'tdi ma'ruzachi.
Shuningdek, tadbirda Bekzod Abdirimovning “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.