Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan imzonlangan “Yoʻl xaritasi”ga asosan “Vatan ostonasi” shiori ostida tashkil etilgan “Maʼnaviyat karvoni” Yangiobod tumanidagi bolalar musiqa va sanʼat maktabi boʻldi.
Bu yerda targʻibot guruhi aʼzolari oʻzbekona lutf va mehmonovozliklar bilan qarshi olindi.
"Madaniy va ma’rifiy tadbirlar oyligi" doirasida tashkil etilgan tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan shoiru yozuvchilar, taniqli kino va teatr aktyorlarining 300 dan oshiq yangiobodlik yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvda inson maʼnaviy olamini boyitishdagi muhim jihatlar, mamlakatimizda yoshlar taʼlimini va maʼnaviyatini yuksaltirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, mazkur tadbir “Chegaraoldi mahallalarda yashovchi yoshlarni turli yot gʻoyalar girdobiga tushib qolishini oldini olish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat hamda anʼanalarga hurmat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan boʻlib, tadbirda tugʻilib oʻsgan tuproq va vatanparvarlikni madh etuvchi sheʼrlardan parchalar oʻqildi.
Samimiy suhbat DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi Ashula va raqs ansambli xonandasi tomonidan ijro etilgan dilga yaqin shoʻx kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi.
Shuningdek, sanʼat maktabi hovlisida sarhadlarimiz posbonlari tomonidan namoyish etilgan qurol-aslahalar koʻrgazmasi ham tuman yoshlarini befarq qoldirmadi.