O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-mart kuni “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xotin-qizlariga yo‘llagan tabrigi va murojaatnomasi asosida Yangiobod tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida “Onalar – butun bashariyat tarbiyachilaridir” mavzusida "Onalar yig'ilishi" o'tkazilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligidagi navbatdagi tadbirlar Yangiobod tumani Balandchaqir MFY hamda Yangiobod ShFY xududidagi 1, 12, 19-umumta’lim maktablarida tashkil etildi.
Tadbirda farzand tarbiyasida onalarning o'rni va ahamiyati haqida, shuningdek, farzandlarimizni bilimli va aqlli, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalashda onalarning mas'uliyati to'g'risida tushunchalar berildi.