Yangiobod tumanidagi 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Bo‘zatov fest- "Yoshlar ovozi" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov tanlovning yosh iste'dodlarni kashf etishdagi ahamiyati xususida to'xtalib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Yoshlani milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, katta sahnalarda o‘z san’atini namoyish etishi uchun keng yo‘l ochib berish, shuningdek, yosh ijrochilarining mahorati, iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlov 3 ta yosh toifasida (10-15, 16-22 va 23-30) bo'lib o'tdi.
Tanlovda ishtirokchilar to'rtta - baxshichilik, an’anaviy ijro (maqom, katta ashula), opera va estrada yo'nalishlarida o'z iqtidorlarini jonli ijroda sinovdan o'tkazdilar.
Tanlov soha mutaxassislari tomonidan Nizom talablari asosida baholab borilib, har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblar aniqlandi.
Yakunda g'oliblarga maxsus diplom va esdalik sovg'alari topshirilib, shu bilan birga, tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmalar berildi.