Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Yangiobod tumanida bo'ldi.
Tashrif davomida tumandagi sport maktabi faoliyati, sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bu yerda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Shu bilan birga, sport vaziri soha xodimlari va sportchi yoshlar bilan ularning bugungi faoliyati, maqsad va rejalari xususida suhbatlashib, o'z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, tumanda sport sohasini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar, taklif va tavsiyalar yuzasidan tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev bilan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.