O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli Qarori ijrosini ta'minlash hamda "Zakovat" intellektual o‘yinini aholi va yoshlar o‘rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish maqsadida Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan umumta'lim maktablari o'quvchi yoshlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ushbu turnirda tumanning hududiy bosqichlarida g'olib bo'lgan 4-7-10-12-maktab jamoalari tuman birinchiligi uchun o'zaro bellashdilar.
O‘yinning yakuniy qismida 12-maktab jamoasi faxrli 1-o'rinni, 4-maktab jamoasi 2-o'rinni, 7-maktab jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi.