Yangiobod tumani hokimi tashabbusi bilan bu yil 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlari barcha mahallalar kesimida o'tkazilmoqda.
Bugun tumanning Xo'jamushkent qishlog'ida tashkil etilgan bayram tadbirida mahalla xotin-qizlarining qalblariga xursandchilik va chinakam bahoriy kayfiyat ulashildi.
Tadbirda tuman madaniyat boʻlimi ijodkorlari hamda san'atkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi va ushbu mahalla xotin-qizlari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda so'z olganlar barcha onaxonu munis opa-singillarimizni tabriklab, ularga ezgu tilaklar yo'lladilar. Tadbir so'ngida yig'ilganlarga bayram sovg'alari ulashildi.