8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tumanning Yangiobod ShFYda bayram tantanasi tashkil etilib, mahalla xotin-qizlari qalblariga xursandchilik va chinakam bahoriy kayfiyat ulashdi.
Tadbirda tuman madaniyat boʻlimi ijodkorlari hamda san'atkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi va ushbu mahalla xotin-qizlari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda so'z olganlar barcha onaxonu munis opa-singillarimizni tabriklab, ularga ezgu tilaklar yo'lladilar. Tadbir so'ngida yig'ilganlarga bayram sovg'alari ulashildi.