Yangiobod tumani, Sarmich mahallasidagi 3-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida mahalla mas'ullari, profilaktika inspektori hamda ota-onalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati yig'ilganlarga tushuntirildi.
Xususan, "Maktab - ota-ona - mahalla" tizimi kabi bolalar tarbiyasida hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida "Bog'cha - ota-ona - mahalla" zanjirini tadbiq etish, bu orqali ota-onada masʼuliyat, tarbiyachida majburiyat, tarbiyalanuvchilarda ishonch, taʼlim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo'lishi yuzasida kelishib olindi.
Tadbir so'ngida yig'ilganlar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar.