Yangiobod tuman prokurori Sh.Salimov tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning maʼnaviyatini, dunyoqarashini yanada kengaytirish, ularni maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan vatanparvar shaxs sifatida kamol toptirish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tuman 2-sektor xududidagi 1-maktab binosida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
- Uchrashuvda maktablarni chinakam maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat oʻchogʻiga aylantirish uchun taʼlim-tarbiyaning interaktiv usullarini qoʻllash;
- Oʻquvchilarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish, kelgusida huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish
- mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash koʻnikmasini shakllantirish;
- aholining ziyoli qatlami, faollar va mehnat faxriylari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirish kabi vazifalar belgilab olindi.
скачать dle 12.0