Yangiobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasi vakili hamda Jizzax viloyat Mahallalar uyushmasi boshligʻi oʻrinbosari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoni va “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli Qarori mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalarni amalda tadbiq etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida mahallalarning ish faoliyatlarida foydalanishlari uchun Respublika mahallalar uyushmasi tomonidan kompyuter jamlanmalari berildi.