Yangiobod tumanida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy musiqiy tadbirlar davom etmoqda.
"Mahallada duv-duv gap" nomli bu galgi tadbir Sarmich MFY, Jo'langar mahallasida tashkil etilib, targ‘ibot guruhi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va ma’rifat Kengashi yigʻilishida ilgari surgan fikrlar va ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir” mavzusida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish va ular qalbida ona Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida aholiga xushkayfiyat ulashish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etildi.