Jizzaxda akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Barkamol avlod" sport musobaqalarining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Musobaqalarda yangiobod kasb-hunar maktabi o'quvchi-yoshlari ham faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
Xususan, kasb-hunar maktabi o'quvchisi Obloqulov Behruz Inomjon o'g'li sportning Badminton turi bo'yicha yakka tartibdagi bahslarda faxrli 1 o'rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ldi.
Shu bilan birga, sportning Badminton turi bo'yicha juftlik bahslarida Karimjonov Firdavs hamda Suvonqulov Muzaffar faxrli 2-o'rinni, Egamberdiyeva Madina hamda Raimqulova Iroda qizlar o'rtasida 3-o'rinni egalladilar.
Shuningdek, sportning Basketbol turi bo'yicha kasb hunar maktabi o'quvchilaridan iborat o'g'il bolalar jamoasi ham faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdilar.