Yangiobod tumanida aholining shaxsiy tomorqalaridan oqilona foydalanishda "Sayxunobod tajribasi"ni tadbiq etish yuzasidan targ'ibot ishlari davom etmoqda.
Tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFY hududida ham "Mahalla yettiligi" bilan birga hududlarga biriktirilgan yo'llardan foydalanish korxonasi xodimlari tomonidan tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar olib borilmoqda.
O'rganishlar davomida tomorqa egalariga yerning har qarichidan oqilona foydalanish bo'yicha zarur tavsiya va amaliy ko'mak bermoqdalar.