Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva Yangiobod tumanidagi mahallalarda bo'lib, qonunchiligimizdagi o'zgarishlar yuzasidan keng jamoatchilik orasida targ'ibotlar o'tkazdi.
Targ'ibotlar davomida Yangiobod SHFY hududidagi 12-umumta'lim maktabi pedagog xodimlari bilan uchrashib, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, xususan, hukumatimizning “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida joriy qilinayotgan tabaqalashtirilgan to'lov tartibi to'g'risida tushunchalar berdi.
Uchrashuv davomida «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga ham to'xtalib, tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar berdi va ushbu yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishda barcha birdek dahldor bo'lishi lozimligini ta'kidladi.