Yangiobod tumani sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan Yangiobod SHFY xamda Xoʻjamushket QFY Feruz qishlogʻida mahallabay ishlash tizimini izchil yoʻlga qoʻyish maqsadida har bir xonadonlarga kirib, aholini sanitariya madaniyati oshirish, aholi xonadonlarda obodonlashtirilganligi, koʻkalamzorlashtirilganligi, sanitar gigiyena qoidalariga doimiy amal qilib borilishi har-xil turdagi yuqumli va parazitar kasalliklar jumladan gepatit A, qizamiq, burtsellyoz,kuydurgi, kana chaqish (qirim kongo) kasalliklarini yuqish yoʻllari va uning profilakasi haqida keng tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda.