O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva Yangiobod tumanidagi mahallalarda bo'lib, aholi bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Tumanning Yangiobod SHFY aholisi bilan o'tgan uchrashuvda tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan tavsiya va tushunchalar berildi.
Shuningdek, tomorqachilik - nafaqat qoʻshimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham yetakchi sohalardan biri ekani ta'kidlanib, aholiga ushbu sohadagi qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Bundan tashqari, hukumatimizning “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida joriy qilinayotgan tabaqalashtirilgan to'lov tartibi to'g'risida ham batafsil tushuntirildi.