Yangiobod tumani hokimining birinchi o'rinbosari R.Abdug'aniyev tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod shaharchasida aholi bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Qabulda sektor rahbarlari - tuman IIB boshlig'i Sh.Axmedov, soliq inspeksiyasi boshlig'i A.Suyunov, Adliya bo'limi boshlig'i J.Abduxoliqov, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab ushbu mahallalarda aholi turmush darajasini yaxshilash borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlari hamda yaratilayotgan ish o'rinlari to'g'risida so'z bordi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriklar berildi va hokim o'rinbosari tomonidan nazoratga olindi.