Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning taʼminoti har bir ota-ona zimmasidagi oʻta sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday masʼuliyatli vazifani oʻz ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va taʼsirchanligini oshirish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan 391 mln. soʻm aliment qarzdorliklari undirilgan boʻlsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 7 nafar fuqarolar ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchilari doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 9 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.
Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan 9 nafar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 47 prim 4 moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.
M.I.Mirzayev,
Boʻlim davlat ijrochisi