Yangiobod tumanida yoʻllar sifatini yaxshilash hamda aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida yoʻllar soz holga keltirilmoqda.
Xususan, tumandagi 4P-34 avtomobil yo'lining 92-97-km oralig'ida tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi tomonidan joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, tumandagi barcha maxalla va qishloqlarda ham asosiy va ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.