Yangiobod tumanida mahalla yoshlari oʻrtasida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" uchun sportning futbol turi boʻyicha musobaqalarning yarim final bosqichi o'yini bo'lib o'tdi.
Tumanning Sarmich MFY hamda Xo`jamushkent QFY yoshlari oʻrtasida bo'lib o'tgan musobaqa qizg'in va yorqin lahzalarga boy bo'ldi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan o'yinning yakuniy natijalariga ko'ra Sarmich MFY yoshlari Xo`jamushkent QFY jamoasi ustidan 3:1 hisobiga g'alaba qozonib, musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi.