Soliqlar taʼlim, kam taʼminlanganlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, huquq-tartibotni saqlash, mudofaa salohiyatini taʼminlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirishning manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Soliq va boshqa majburiy toʻlov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy taʼsir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblamagan.
Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida soliq toʻlovlar undiruviga oid jami ish yurituvdagi ijro hujjatlaridan 239 ta ijro hujjatlari tamomlanib, 5 mlrd. 164 mln. soʻmlik qarzdorliklari undirilgan boʻlsa, qarzdorlarga tegishli 12 ta 3 mlrd. 300 mln. soʻmlik mol-mulklari xatlovga olinib, shundan 4 ta, 785 mln. soʻm mol-mulklar auksion savdolariga chiqarilgan.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
M.I.Mirzayev,
Boʻlim davlat ijrochisi