Joriy yilning 23 may kuni Yangiobod tumani Sarmich mahalla fuqarolar yig‘ini ma'muriy binosida mahalla fuqarolari va faollar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha davra suxbatlari tashkil etilib, fuqarolarga ushbu qarorning maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuningdek, mazkur qarorga ko‘ra, yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etish chora-tadbirlari belgilanganligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, «Ayollar daftari»ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilishi, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik sub'ektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktyabrga qadar ozod etilishi belgilanganligi haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.
Uchrashuv savol-javobga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar tomonidan sud-huquq sohasida berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ushbu kuni tumandagi 2-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilar bilan ham davra suhbati o‘tkazildi.
Shomurod Begmatov,
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi