O‘zbekiston qonunchiligida 2024-yil 1-iyundan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etdi.
“Ekologik transport” tizimi ishga tushiriladi
Tizim doirasida:
2024-yil 1-iyundan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha ekologik stikerlar berish mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan transport vositalarini DYHXX bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari
BHMning 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkaziladi.
Mehnat muhojirlariga kompensatsiya to‘lanadi
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi:
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam beriladi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun imtiyozli ipoteka
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratiladi. Bunda:
Chiqindi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganida elektr taʼminoti uchun to‘lov qabul qilinmaydi
Toshkent va Nukusda hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etmaguniga qadar abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash joriy qilinmoqda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno). Cheklov chiqindi bo‘yicha 6 oylik qarzdorlik mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi.
Barcha hududlar brutto-shartnomalarga o‘tkazilmoqda
Nukus va boshqa viloyat markazlarida muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi ishga tushiriladi. Ilgari bu tizim:
Bog‘cha pedagoglarining oyliklari o‘zgaradi
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari maktablarning tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Yangi uylarga seysmik talablar o‘rnatilmoqda
8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalashtiriladi.
Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalashtiriladi.
Davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshadi
Davlat bolalar bog‘chasida bolalar taʼminoti uchun to‘lov miqdori joylashgan joyi, bo‘lish vaqti va bir oiladan boradigan bolalar soniga qarab o‘rtacha 18,7–21 foizga oshiriladi.
Xorijiy kompaniyalar uchun huquqiy rejim
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida 5 yilgacha bo‘lgan muddatga xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
“Ishga marhamat” va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilariga imtiyozlar
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilari hamda muhandis ustalarini maqomi bo‘yicha professional taʼlim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi.