Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFYda yoshlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.
Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi joriy yilda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va bu sohada yaratilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Ochiq muloqot davomida 20 ga yaqin murojaat va takliflar ham tinglanib, ularning ayrimlari joyida hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli idora va tashkilot raxbarlariga topshiriklar berildi va ijrosi tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.