Yangiobod tuman prokurori Sh.Salimov Yangiobod tumanining “Xoʻjamushkent” mahallasi “Moʻgʻol” qishlogʻida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabul avvalida, tuman prokurori tomonidan mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan keng koʻlamli imtiyoz va imkoniyatlar, qulay biznes muhitini yaratish, tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak berish, ularga berilgan imkoniyat va shart-sharoitlar, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish yuzasidan oʻz fikr-mulohozalarini bildirib, zarur tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan qabulda turli mazmundagi 6 ta murojaatlar kelib tushdi va qanoatlantirish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, qabul davomida oʻtgan 5 oy mobaynida Moʻgʻol qishlogʻida aholiga munosib turmush tarzi yaratish borasida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qisqacha axborot ham berib oʻtildi.