Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Maʼmuriy islohotlar borasida adliya organlari va muassasalarining maʼsuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimiga shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida haftaning har chorshanba kuni “Hukukiy targʻibot kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Yangiobod tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman hokimligi faollar zalida tumandagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalla yettiligi ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etilib, PF-80-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-sonli qarori hamda hafta davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.