Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning taʼminoti har bir ota-ona zimmasidagi oʻta sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday masʼuliyatli vazifani oʻz ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va taʼsirchanligini oshirish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan 613 mln. soʻm aliment qarzdorliklari undirilgan boʻlsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 28 nafar fuqarolar ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchilari doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 13 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.
Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan 13 nafar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 47⁴-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.
X.U.Musurmonqulov,
Byuroning Yangiobod tuman boʻlim boshligʻi