Bank kreditlari koʻpchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish toʻgʻrisida ijro varaqasi chiqariladi. Koʻp xollarda qarzdor kredit boʻyicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish boʻyicha ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning boshidan 661 dan ortiq ijro hujjati boʻyicha 19,6 mlrd. soʻm qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq ijro hujjatlari boʻyicha jami 36 ta 14,2 mlrd. soʻmlik mol-mulklar xatlanib, 27 ta 7,7 mlrd. soʻmlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.